O‘zbekiston Milliy terma jamoasi nazorat bahsida “Surxon”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Ta’kidlash joizki, ushbu bahs murabbiylar shtabi xohishiga ko‘ra "yopiq eshiklar ortida" tashkil etildi.
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston Milliy terma jamoasi poytaxtdagi yig‘in doirasida Termizning “Surxon” klubiga qarshi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Fabio Kannavaro shogirdlari bahsda termizliklar darvozasiga javobsiz to‘rtta gol yo‘llashdi.
O‘yinning 22-daqiqasida Igor Sergeyev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Dostonbek Hamdamov hamda dubl qayd etgan Azizbek Amonov g‘alabani yirik ko‘rinishga keltirishdi.
Nazorat o‘yini
O‘zbekiston MTJ — “Surxon” — 4:0
Gollar: Igor Sergeyev 22’, Dostonbek Hamdamov 51’, Azizbek Amonov 61’, 82’.
Ta’kidlash joizki, ushbu bahs murabbiylar shtabi xohishiga ko‘ra "yopiq eshiklar ortida" tashkil etildi.