O'zbekiston miilliy terma jamoasi futbolchilari maxsus seminarda ishtirok etishdi
Unda FIFA Jahon chempionatida amal qilinadigan shaffoflik qoidalari, sport halolligi tamoyillari hamda futbolchilar va jamoa vakillarining mazkur yo‘nalishdagi majburiyatlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari uchun FIFA tomonidan halol oʻyin va futbolda shaffoflikni ta’minlash boʻyicha maxsus seminar tashkil etildi
AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati-2026 oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari hamda murabbiylar shtabi uchun maxsus seminar tashkil etildi.
Unda FIFA Jahon chempionatida amal qilinadigan shaffoflik qoidalari, sport halolligi tamoyillari hamda futbolchilar va jamoa vakillarining mazkur yo‘nalishdagi majburiyatlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, seminar davomida FIFA tomonidan taqdim etilgan axborot va maslahat xizmatlari, ishtirokchilar uchun mavjud murojaat kanallari hamda musobaqalar davomida amal qilinadigan tegishli tartib-taomillar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
