Özbekiston logistika samaradorligi indikatorlarida Markaziy Osiyo böyiça yetakçi örinlarni egallagan
BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlarining 11-maqsadi Barqaror şaharlar va aholi yaşaş joylariga bağişlangan bölib, şahar va aholi punktlarining oçiqligi, xavfsizligi, mustahkamligi va ekologik barqarorligini taʼminlaş maqsadlari közda tutilgan. Jumladan, jamoat transportidan qulay foydalaniş imkoniyatiga ega aholi uluşini oşiriş maqsadlarini ham öz içiga oladi.
Bu borada mamlakatimizda jamoat transportidan qulay foydalaniş imkoniyatiga ega aholi uluşi 2000-yildagi 65,3 foizdan 2025-yilda 92,5 foizga yetgan. 2019-2025-yillarda jami 4 ming 405 ta zamonaviy avtobus va elektrobus, şu jumladan 763 ta elektrobus xarid qilingan. Toşkent şahrida avtobuslar harakat intervali 2 barobargaça qisqartirilgan. 2016-2026-yillarda metropoliten liniyalarining umumiy uzunligi 38 km dan 70,8 km ga, bekatlar soni 29 tadan 50 taga yetkazilgan.
Jahon bankining logistika samaradorligi indikatorlarining ayrim körsatkiçlari böyiça Özbekiston dengizga çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan rivojlanayotgan davlatlar hamda Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakçi örinlarni egallagan.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantiriş va sanoat masalalari qömitasi yiğilişida aytib ötildi. Unda Transport vazirligining “BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini izçil amalga oşiriş böyiça sohada tizimli işlarni taşkil etiş hamda 2030-yilgaça bölgan davrda barqaror rivojlaniş sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning bajarilişi borasida amalga oşirilayotgan işlar töğrisida”gi axboroti eşitildi.

Maʼlum qilinganidek, vazirlik milliy maqsadlarning 9 va 11-maqsadlari doirasida yuk va yölovçi taşiş hajmi hamda jamoat transportidan qulay foydalaniş imkoniyatiga ega aholi uluşi indikatorlari ijrosi uçun masʼul hisoblanadi. Joriy 9 oyda barça transport turlarida yuk va yölovçi taşiş hajmlari ötgan yilning mos davriga nisbatan oşgan.
Eşituvdagi muhokamalarda hududlarda jamoat transporti xizmatlari sifati va qamrovini oşiriş hamda milliy körsatkiçlarning xalqaro maʼlumotlar bazalarida öz vaqtida va töliq aks ettirilişini taʼminlaş zarurligi taʼkidlandi.
Şuningdek, importdagi aviatsiya yuklarining aeroportda turiş vaqtini qisqartiriş, poçta jönatmalarini hududlarga yetkazib berişdagi keçikişlarni bartaraf etiş uçun poçta logistikasida raqamlaştirişni jadallaştiriş zarurligi taklif etildi. Şu bilan birga, BRM indeksida mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi örnini yanada yaxşilaş böyiça aniq çoralar köriş zarurligi qayd etildi.
M.Komilova, ÖzA