Özbekiston kinoijodkorlari «Qörqut ota» VI Turkiy dunyo kinofestivalida bir qator muvaffaqiyatga erişdi
Turkiyaning Istanbul şahrida bölib ötgan «Qörqut ota» VI Turkiy dunyo kinofestivalining yopiliş va taqdirlaş marosimida Özbekiston delegatsiyasi ham iştirok etdi.
Özbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinçi örinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov rahbarligida 20 nafardan ortiq kinoijodkorlar qatnaşgan festival özbekistonlik ijodkorlar uçun ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

Festival doirasida özbek kinoijodkorlari bir neçta nufuzli nominatsiyalar böyiça sovrinli örinlarni qölga kiritdi.

Jumladan, «Eng yaxşi qisqa metrajli film» nominatsiyasida rejissyorlar Dilşodbek Usmonov va Suxrob Qodirov tomonidan suratga olingan «Quyoş bolasi Yusuf» filmi 3-öringa munosib körildi. «Eng yaxşi hujjatli film» nominatsiyasida rejissyor Möminjon Tursunovning «Hayotga taşnalik» hujjatli filmi 2-örinni egalladi. «Eng yaxşi erkak roli» nominatsiyasida Özbekiston xalq artisti Matyoqub Matçonov rejissyor Sarvar Karimovning «Farz» filmidagi ijrosi uçun festival ğolibi deb topildi.

Ayniqsa, taniqli aktyor Matyoqub Matçonovning mazkur nominatsiyada ğolib bölişi milliy aktyorlik maktabining xalqaro miqyosdagi eʼtirofi sifatida ahamiyatli.

Uşbu natijalar özbek kino sanʼati vakillarining xalqaro kino maydonidagi iştiroki, ijodiy salohiyati hamda milliy kinematografiyamizning nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

N.Usmonova,
ÖzA