O‘zbekiston kimyo sanoatida mahsulot ishlab chiqarish quvvati oshmoqda (+video)
Prezident tashrifidan so‘ng...
Kundalik turmushimizda maishiy kimyo mahsulotlarining o‘rni yuqori. Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda turli tozalovchi kimyoviy mahsulotlarning katta qismi import qilinar edi, ammo bugungi kunda mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqarish jadal rivojlandi. Natijada bozorlarimiz mahalliy mahsulotlar bilan boyidi.
Davlatimiz rahbari joriy yil 2-iyun kuni “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkiga tashrif asnosida u yerda faoliyat yuritayotgan “BCG Group OZ” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Umumiy qiymati 6 million dollarlik loyiha doirasida rossiyalik hamkor bilan tashkil etilgan korxonada 80 dan ziyod yangi ish o‘rini yaratilgan.

– Bugungi kunda korxonamizda maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlarining 80 dan ortiq turi ishlab chiqarilmoqda, – dedi “BCG Group OZ” korxonasi direktori Tatyana Rubsova. – Avtokimyo va avtokosmetika, mehmonxona, restoran va sanoat uchun professional klining vositalari shular jumlasidan. – Korxonamiz 7 ming tonnadan ortiq tayyor mahsulot ishlab chiqarmoqda, joriy yil bu rejani 11 ming tonnaga yetkazishni maqsad qilganmiz. Ishlab chiqarish quvvatimiz maksimal darajada oshiriladi.
Korxonamizda faoliyat yuritayotganlarning barchasi Chirchiq shahri fuqarolari, ya’ni ishlab chiqarish joyimiz qayerda bo‘lsa, o‘sha yerdan ishchilar jalb qilganmiz. Malakali mutaxassisga ehtiyojimiz bor. Shu bois oliy ta’lim muassasalari bilan ham faol hamkorlik qilamiz. Tadbirkorligimiz uchun O‘zbekistonda keng sharoit va imkoniyatlar yaratilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-iyun kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etdim. Faoliyatimizga oid imkoniyatlardan mamnunmiz, yig‘ilishda sohamizda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan Prezidentga o‘z taklif-mulohazalarimni aytdim. Ularning ijobiy hal etilishi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Buning uchun Prezidentingizga minnatdorlik bildiraman.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/GUEX2rX4D6s?si=Vyg1ubFk5CgSkUHU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOEV (+video),
O‘zA