O‘zbekiston-Janubiy Koreya: ta’lim sohasidagi hamkorlik
Toshkent shahridagi 5-sonli maktabga Koreya Respublikasidan 5 nafar o‘qituvchi va 19 nafar o‘quvchidan iborat delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad qadriyatlar va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, o‘zbek maktablaridagi o‘quv jarayoni va dasturlari bilan tanishishdan iborat.


Tadbirda o‘quvchilar tomonidan o‘zbek va koreys milliy qadriyatlari aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. She’r va qo‘shiqlar tinglandi. Ikki davlat ta’lim tizimi haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida Koreya maktablaridan biri bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.


Bu tashrif har ikki tomon uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida yanada ko‘proq ijtimoiy va ilmiy hamkorliklarga yo‘l ochishi kutilmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA