
Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyida Erondan tashrif buyurgan “Electronic Afzar Azma”, “ESFA Group”, “Atlas Tubine Pars” hamda “Sanjesh Afzar Asia” kompaniyalari rahbarlari ishtirokida B2B uchrashuvlari tashkil etildi. Unda 15 dan ortiq mahalliy korxonalar hamda qo‘shma kompaniyalar vakillari qatnashdi.
– Uchrashuvda O‘zbekistonning yirik kompaniyalari ham ishtirok etganidan juda xursand bo‘ldik. Uchrashuv davomida ham turli loyihalar taklif sifatida kelib tushdi. Xususan, O‘zbekiston kompaniyalar 2 ta qo‘shma korxona tashkil etish yuzasidan eronlik tadbirkorlarga taklif bildirishdi, – dedi Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi rahbari Rasul Beheshtifar. Shuningdek, uchrashuvda oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi va talabalari ishtirok etib, eronlik yirik tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Tadbirkorlar talabalarga o‘zlarining tajribalari, tadbirkorlikni boshlash yo‘l-yo‘riqlari hamda soha qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi.




M.Qosimova,O‘zA