Saylov jarayonlari haqida xalqimiz va jahon hamjamiyatini muntazam tezkor va xolis axborotlar bilan xabardor etib borish maqsadida O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro media-xoll tashkil etildi.

Ushbu Media-xolda “Yangi O‘zbekiston - yangi nigoh” dasturi asosida Prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surayotgan siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqoti doirasida o‘z taqdimotlarini o‘tkazmoqda.  

 Brifingda partiya vakillari tadbir ishtirokchilariga mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, saylovchilar bilan uchrashuv haqida batafsil ma’lumot berdi.  

 Ta’kidlanganidek, 2021 yil 24 oktyabrda o‘tkaziladigan Prezidentlik saylovi ilk marta saylovlar davomida to‘plangan milliy tajriba, ilg‘or xorijiy saylov amaliyoti, shuningdek, xalqaro standartlar asosida shakllantirilgan Saylov kodeksi asosida bo‘lib o‘tmoqda.  

Mazkur saylov kodeksida Prezidentlik saylovininig o‘ziga xos xususiyatlari bilan birga, siyosiy partiyalar va ularning nomzodlari tomonidan olib borilayotgan tashviqot turlari, shakllari hamda usullari aniq belgilab qo‘yildi.  

Bundan tashqari, mamlakatimiz tarixida ilk bor yangi siyosiy partiya sifatida O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘zining siyosiy huquqidan foydalanish va ishtirok etish istagini bildirdi. Saylovga tayyorgarlik asnosida Ekopartiya platformasi ko‘rib chiqildi. Saylovoldi dasturini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi ekspert guruh shakllantirildi va mazkur guruh tomonidan partiyaning Saylovoldi dasturi loyihasi ishlab chiqildi.  

 Partiyaning saylov jarayonlarini tartibli olib borish bo‘yicha kalendar rejasi tasdiqlandi. 2021 yil 27 avgust kuni partiyaning III s’ezdida O‘zbekistonda Prezidentlik saylovida ishtirok etish va Prezident lavozimiga partiyaning rahbari Narzullo Oblomurodovning nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qilindi hamda Nomzodning Saylovoldi dasturi ma’qullandi.

bugungi kungacha nomzod va uning ishonchli vakillari tomonidan joylarda 200 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazildi. Partiya faollari tomonidan 500 dan ortiq turli tadbirlar va aksiyalar tashkil etildi. Ularda jami 320 mingdan ortiq saylovchi qamrab olindi.  

 Uchrashuvlarda nomzod va uning ishonchli vakillariga saylovchilar tomonidan 550 dan ortiq konstruktiv taklif va tavsiyalar berildi. Barcha hududlarda nomzodni xalq orasida targ‘ib etish, uning saylovoldi dasturini saylovchilarga tushuntirish ishlari tashkil etilib, o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari barcha turdagi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.  

 Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, saylovoldi tashviqoti uchun kerakli hamma anjom va vositalar - nomzodning 19 ming dona tarjmai holi, 55 mingta flayer va cho‘ntak kalendari, 6 ming 500 ta sumka, ruchka, bloknot, 10 ming dona sharf, 25 ming dona futbolka va kepka, nomzodning 48 mingta saylovoldi dasturi, 18 mingdan ortiq bayroqchalar va boshqa targ‘ibot materiallari tayyorlandi va tarqatildi.  

Saylovoldi jarayoni doirasida barcha viloyat va tumanlarda banner va boshqa tashqi reklama vositalari o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida joylashtirildi. Nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturi o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida va brayl alifbosida ko‘p ming tirajda chop etilib, risola, flayer, kalendar va boshqa targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda.  

 Saylovoldi tashviqot ishlari uchun siyosiy partiyalar nomzodlariga tenglik tamoyillari asosida ajratib berilgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalanmoqda. Bundan tashqari, internet nashrlari, nodavlat tele-radiokanallar, nodavlat matbuot nashrlari orqali nomzod va uning saylovoldi dasturi haqida ma’lumotlar muntazam yoritilmoqda.  

N.Usmonova, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Ekologik partiyasining brifingi bo‘lib o‘tdi