“O‘zbekfilm”ning tashkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi
Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan yangi “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi.
Prezidentimiz yangi kinokompaniya milliy kino brendini yaratish va zamonaviy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha tayanch markaz hamda bosh operator bo‘lishini ta’kidladi.
“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi film ishlab chiqarmaydi. Filmlarni yaratish to‘liq xususiy sektorga o‘tadi. Kompaniya loyihalarni tanlash va moliyalashtirish, filmlarni targ‘ib qilish, tarqatish, xalqaro bozorlar va festivallarga olib chiqish bilan shug‘ullanadi.
Bu orqali filmni ishlab chiqarishdan tomoshabinga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayon yaxlit tizimga birlashadi. Milliy kinokompaniya faoliyatini bir hafta muddatda yo‘lga qo‘yish topshirildi.
O‘zA