O‘zbek tili rivojlanishning yangi bosqichida
Hammamizga ma’lumki, o‘zbek tili haqidagi qonun qabul qilinganiga 31 yil bo‘ldi. 2019 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi tarixiy Farmoni qabul qilingani milliy tilimizning nufuzini oshishiga xizmat qilmoqda.
Bu yil aynan 21 oktyabr kuni mamlakatimizda o‘zbek tili bayrami umumxalq bayrami etib keng nishonlandi.
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filialida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilishiga e’tibor kuchaytirilgan. Barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishi ta’minlandi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filialida faoliyatdan kelib chiqib, so‘nggi o‘n oy davomida 45 mingdan ortiq murojaatlar bo‘yicha metrologik xizmatlar ko‘rsatildi.
Ushbu xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, muddatida bajarish va murojaatchilarning uzog‘ini yaqin qilib, ularning vaqtini tejash maqsadida filialda 2 ta maxsus avtomashinada sayyor metrologik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Filial mutaxassislari malakasi va ilmiy salohiyatini mustahkamlash borasida navbatma-navbat malaka oshirish o‘qishlariga yuborish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, filialning texnik bazasini yangilash, kalibrlash metodlarini o‘rganish va zamonaviy namunaviy o‘lchash vositalari bilan ta’minlash maqsadida viloyatdagi talabni o‘rganib chiqqan holda yo‘nalishlar belgilab olindi.
Azamat To‘rayev,
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti
Matbuot xizmati boshlig‘i