O‘zbek talabalari Xalqaro kosmik o‘yinlarda qatnashadi
Moskva shahrida Xalqaro kosmik o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Musoboqada Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Meksika, Pokiston va O‘zbekistonning yetakchi muhandislik oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari o‘zaro bellashadi.
26-oktabrdan 1-noyabrga qadar davom etadigan bellashuvlar zamonaviy kosmik tarmoqning bir nechta asosiy yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilardan bir vaqtning o‘zida energetika tizimlari, robototexnika, kosmik ma’lumotlarni tahlil qilish va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazishadi.
Xalqaro kosmik o‘yinlar universitetlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqa bilangina cheklanib qolmaydi. Musoboqa doirasida maktab o‘quvchilari va talabalar ishtirokida «Orbita» xalqaro kosmik turniri ham tashkil etiladi. Unda yosh tadqiqotchilar o‘z kosmik loyihalarini taqdim etadilar.
Rossiya Fan va ta’lim vaziri Valeriy Falkovning so‘zlariga ko‘ra, bellashuvlarning amaliy qismi bugungi muhandislik ta’limini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. Jadal texnologik o‘zgarishlar yangicha tartibni shakllantirib, mehnat bozorida mutaxassislarga bo‘lgan talabni o‘zgartirmoqda. Va bu sharoitda, oliy ta’lim amaliyotga yo‘naltirilgan, moslashuvchan va ko‘plab fanlarni o‘zida qamrab olgan bo‘lishi kerak, deydi vazir.
Xalqaro kosmik o‘yinlar ana shu qarashlarni amaliyotga tadbiq qilish imkonini beradi. Bu yerda ishtirokchilar nazariy bilimlarini namoyish etish bilan birga, o‘z tengdoshlari bilan tajriba almashib, bir qancha texnologik sohalarda birgalikda yechim topish bo‘yicha xamkorlik qilishadi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA