O‘zbek kinosini moliyalashtirishda mutlaqo yangi mexanizm yaratilmoqda
Prezidentimiz kinolarni moliyalashtirishda davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tilishini ma’lum qildi.
– Bundan buyon davlat filmning buyurtmachisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning ishonchli hamkori bo‘ladi, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Film ishlab chiqarishda texnik topshiriqlar emas, ijodiy jarayon va uning talablariga ustuvorlik beriladi. Yangi moliyalashtirish mexanizmini bir oy muddatda joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Kelgusi yildan boshlab har yili “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi so‘roviga ko‘ra byudjetdan tegishli mablag‘ ajratib boriladi.
Prezidentimizning "O‘zbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
O‘zA