Ozarbayjonda rekord darajada yog‘ingarchilik
Bokuda oylik yog‘ingarchilikning o‘rtacha ko‘rsatkichi 440 foizga yetdi.
Ikki kundan beri tinmayotgan kuchli yomg‘ir poytaxt va yaqin atrofidagi hududlarda jiddiy tirbandlik keltirib chiqardi. Juda ko‘p yo‘llar suv ostida qoldi. Xinolig‘ qishlog‘iga olib boradigan yo‘lda ko‘chki sodir bo‘ldi. Ayni payt bu yo‘l to‘silgan. Hududga tegishli idoralar xodimlari va texnika vositalari yuborilgan, yo‘llar tozalanyapti.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi suv bosgan hududlarda tegishli xavfsizlik choralarini ko‘rishda davom etmoqda. Bokuda, Absheron yarim orolida yog‘ingarchilik miqdori 104 millimetrga yetgan.
S.Rahimov, O‘zA