Ozarbayjon madaniyat markazi bilan hamkorlik kengaymoqda
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasida Toshkentdagi Haydar Aliyev nomli Ozarbayjon Madaniyat markazi mas’ullari – yangi tayinlangan direktor Akif Marifli va ma’mur Yusif Mammadov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stona aloqalar barcha sohalar, jumladan madaniy-ma’rifiy, media yo‘nalishlarida ham rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Uyushma raisi v.b. Xolmurod Salimov mehmonlarga jamoada yo‘lga qo‘yilgan ish tizimi, uyushmaning tarixi, bugungi kuni haqida so‘zlab berdi. Markaz xodimlari axborot xizmati va media markazi hamda “Hurriyat” gazetasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.
Tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan umumiy tadbirlar xususida fikr almashdi. Hamkorlikni izchil rivojlantirishga kelishib olindi.

O‘zA