Dunyo iqtisodiyoti pandemiyadan jiddiy zarar ko‘rgan 2020 yil mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi ta’sirini kamaytirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ham o‘z samaralarini berdi.

Shunga muvofiq vohada byudjetga mablag‘ tushirish prognoz ko‘rsatkichlari ortig‘i bilan bajarildi.

Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasi O‘zAga xabar qildi.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, yakunlangan yil uchun voha soliq to‘lovchilari byudjetga 1 440,3 milliard so‘m mablag‘ tushirish prognozi belgilangan edi. Amalda esa 1 621,5 milliard so‘m soliq to‘lab berilib, davlat byudjetiga 181,2 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushirildi. Byudjetga yo‘naltirilgan mablag‘ning 875,7 milliard so‘mi yoki 54 foizi yuridik shaxslar, 731,5 milliard so‘mi yoki 45 foizi jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar 14,2 milliard so‘m soliq to‘ladi.

Davlat byudjetiga to‘langan mablag‘ soliq turlari bo‘yicha tahlil etilganida jami tushumning 613,7 milliard so‘mi yoki 38 foizi jismoniy shaxslarning daromad solig‘iga to‘g‘ri keldi. 376,2 milliard so‘mi yoki 23 foizini qo‘shilgan qiymat solig‘i, 111,7 milliard so‘mini aksiz solig‘i, 65,6 milliard so‘mini aylanma soliq, 454,3 milliard so‘mini boshqa soliqlar tashkil etdi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yili surxondaryoliklar qancha soliq to‘ladi?