Otaxanov Nurillo Abdumalikovichning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish uslubiyoti” mavzusida
Otaxanov Nurillo Abdumalikovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘qitish uslubiyoti” mavzusidagi dissertatsiya ishining himoyasi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengashning 2025 yil 24 may kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4-uy. O‘zbekiston milliy universiteti.
Tel.: (99871) 246-46-00
e-mail: nauka@nuu.uz