"Osiyo o‘yinlari-2026": Bugungi kunni sportchilarimiz 3 ta medal bilan yakunladi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida 22-sentabr kungi bahslar o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, ushbu kunda delegatsiyamizning uch nafar vakili g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Jumladan, ushu bo‘yicha bahslarda Darya Latisheva 19,413 ball jamg‘arib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Aralash jang san’atining an’anaviy yo‘nalishida -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Hilola Sobirova hamda modern yo‘nalishida 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bahslashgan Firdavs Atamuradov ham shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.
Biroz avval XX yozgi Osiyo o‘yinlarida navbatdagi g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ham o‘z medallarini qabul qilib oldi.


Shu tariqa, 22-sentabr kungi bahslar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza — jami 6 ta medal mavjud.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA