Osiyo Kubogi – 2027: O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlar taqvimi tasdiqlandi
Tasdiqlangan taqvimga binoan, vakillarimiz guruh bosqichi doirasidagi o‘yinlarini Saudiya Arabistonining ikki yirik shahri — Jidda va Riyodda o‘tkazishadi.
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi – 2027 final bosqichi qur’a tashlash marosimidan so‘ng, "B" guruhidan joy olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi uchrashuvlari sanasi, vaqti va manzillari rasman ma’lum qilindi.
Tasdiqlangan taqvimga binoan, vakillarimiz guruh bosqichi doirasidagi o‘yinlarini Saudiya Arabistonining ikki yirik shahri — Jidda va Riyodda o‘tkazishadi. Milliy terma jamoamiz guruhdagi ishtirokini 2027-yilning 8-yanvar kuni Iordaniyaga qarshi bahs bilan boshlaydi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlar jadvali:
1-tur | 2027-yil 8-yanvar
O‘zbekiston – Iordaniya
Stadion: «Qirol Abdulloh Sport Siti» (King Abdullah Sports City Stadium), Jidda shahri.
2-tur | 2027-yil 12-yanvar
Shimoliy Koreya – O‘zbekiston
Stadion: «Kingdom Arena», Riyod shahri.
3-tur | 2027-yil 17-yanvar
O‘zbekiston – Bahrayn
Stadion: «Qirol Al-Faisal Sport Siti» (Prince Al Faisal Sports City Stadium), Jidda shahri.
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri pley-off (nimchorak final) bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Shuningdek, 6 ta guruh ichida eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 ta uchinchi o‘rin sohiblari ham nimchorak finalda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.