O‘rtoqlik uchrashuvi: Fransiya Braziliyani mag‘lub etdi
Kilian Mbappe yetakchiligidagi Fransiya terma jamoasi Braziliya bilan kuch sinashdi.
Jahon chempionati startidan oldin oldin terma jamoalar so‘nggi FIFA kunlarida ishtirok etishmoqda. Kilian Mbappe yetakchiligidagi Fransiya terma jamoasi Braziliya bilan kuch sinashdi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib o‘tgan bahsda fransuzlar kichik hisobda raqibdan ustun keldi. Avvaliga, 32-daqiqada Kilian Mbeppe gol urib, “uch ranglilar”ni oldinga olib chiqdi. 55-daqiqada fransuzlar himoyachisi Dayot Upamekano maydondan chetlatildi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Ugo Ekitike gol urib, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 78-daqiqada Gleyson Bremer Fransiya darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi. O‘yin so‘nggiga qadar tabloda hisob boshqa o‘zgarmadi va Fransiya ilk o‘rtoqlik o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya keyingi o‘yinini 30-mart kuni Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Braziliya esa 1-aprel sanasida Xorvatiya bilan kuch sinashadi.