Ma’lumki, hozirgi kunda Gender tenglik jamiyat rivojida muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekani yaqqol ko‘rinmoqda.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning oilada, jamiyatda, ayniqsa, ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani tufayli ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham hududlarda “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, tikuvchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, parrandachilik va ekin maydonlaridan yer ajratish orqali ularning bandligini ta’minlash, xotin-qizlar ishtirokida o‘quv-seminarlar o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan edi.

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tuman Davlat xizmatlari markazida Bosh vazir qabulxonasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi tuman bo‘limi mutaxassislari ishtirokida hududdagi “ayollar daftari”ga kiritilgan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xotin-qizlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, bilim va kasbiy ko‘nikmalar egallab, o‘z biznesini rivojlantirishga ko‘maklashish, salomatligini saqlash masalalari  muhokama qilindi.

— Ayni paytda tuman bo‘yicha “ayollar daftari”ga kiritilgan 2 ming 397 nafar  xotin-qizlarning muammolari o‘rganilib, ularga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi O‘rta Chirchiq tuman Davlat xizmatlari markazi direktori Sevara Hoshimova. —  Xalqimiz uchun muhim bo‘lgan mazkur jarayonning nechog‘lik samaradorligi hamda natijadorligi bu kabi o‘rganishlarga bog‘liq. Mazkur daftarga kiritilgan ayollar bilan alohida ish tashkil etilib, suhbatlar olib borilmoqda. bugungi tadbir davomida ham davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir yangiliklar, davlat xizmatlaridan my.gov.uz sayti orqali foydalanish, tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish borasida batafsil ma’lumotlar berildi.  

Bugun Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “mahallabay” tizimi asosida ish olib borish yo‘lga qo‘yildi.

Markazga kelishining imkoni bo‘lmagan, kam ta’minlangan, “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning yashash xonadoniga borib muammolarini o‘rganish jarayonida ularga kerakli huquqiy maslahatlar ham berilmoqda.  

 A. Musayev, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rta Chirchiqda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2 mingdan ziyod xotin-qizlar muammolari o‘rganildi