Orolbo‘yidagi 735 ta maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangradi
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi barcha umumta’lim, davlat ixtisoslashtirilgan hamda nodavlat maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib, ulardagi 27 ming 600 nafardan ziyod o‘quvchi-yosh qadrdon maktabi bilan xayrlashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Nukus shahridagi 24-sonli umumta’lim maktabida “Yuksak ma’rifatli avlod – Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

Dastlab Jo‘qorg‘i Kengesi raisi davlatimiz rahbarining maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, yoshlarga otalarcha g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelayotgan Prezidentimizga, o‘quvchilarni voyaga yetkazib, tarbiyalagan ota-onalariga, ularga bilim bergan o‘qituvchilarga minnatdorlik bildirdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator farmon, qonun va qarorlar qabul qilindi. Ayniqsa, Prezidentimizning 2022-yil 31-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan qoraqalpog‘istonlik yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida har yili qo‘shimcha kvotalar ajratilayotgani ko‘ngillarga alohida faxr tuyg‘ularini bag‘ishlaydi.

2025-2026 o‘quv yilida asosiy olimpiadaning IV respublika bosqichiga 16 fan йўналiшi bo‘yicha jami 60 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Uning yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 8 ta faxrli o‘rin bilan Toshkent shahridan keyin 2-o‘rinni egalladi.
2026-yilning 8-12-aprel kunlari Turkmaniston Respublikasining Ashxobod shahrida o‘tkazilgan III Xalqaro matematika olimpiadasida Xo‘jayli tumani 26-sonli maktabning 11-sinf o‘quvчiсi Mels Satimov O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga кiрiтдi. Shuningdek, 2026-yilning 12-18-may kunlari Italiyada o‘tkazilgan Yevropa qizlar informatika олiмпiадасida Nukus shahri 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-iнтернатining 10-sinf o‘quvchisi Малiка Xojamuratova bronza medali bilan taqdirlandi. 17-may kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan Osiyo – Tinch okeani mintaqasi iнформатiка olimpiadasida (APIO-2026) esa Nukus shahri Prezident макtaбi o‘quvchisi Timur Qodirbergenov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kegeyli tumani 41-sonli maktab jamoasi “Ваtaнпарvaрлар” musobaqasining respublika bosqichida 1-o‘rinni, To‘rtko‘l tumani 18-sonli maktab jamoasi esa “Yosh gvardiyachi” мусобақасida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, o‘quvchi qizlar ўрtaсida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” respublika босқiчida Bo‘zatov tumani 10-sonli maktab қiзларi 2-o‘rinni эгаллаб, “Damas” автомашiнасi, 200 million so‘m pul mukofoti va maktabga sport maydonchasi қурiлiшi uchun vaucherni yutib oldi. “Hazrat Navoiyni anglash – ўзлigiмiзнi anglash” insholar taнловining respublika bosqichida Nukus tumani 1-sonli maktab o‘quvчiсi Nurjamol Reimbayeva 1-o‘rinнi egalladi.
Barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri.