O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida tuman, shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialida qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

O‘quv-mashg‘ulotlari malakali trenerlar tomonidan soha bo‘yicha yangi qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarni «mahallabay» tizimida tatbiq etish, ilm bilan amaliyotni bir-biriga integratsiya qilish hamda joyiga chiqib mavjud muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan strategik vazifalar yo‘nalishida olib borilayotir.

Bundan tashqari, Davlat boshqaruvi Akademiyasi Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari tomonidan hokim o‘rinbosarlarining rahbarlik ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar ham o‘tkazilayotir.

– O‘quvlar davomida zamon talabidagi "mahallabay" va "fuqarobay" ishlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiramiz, – deydi Kogon tumani hokimi o‘rinbosari Qayum Salomov. – Sohamiz bo‘yicha bilim va ko‘nikmamizni oshirish bilan birga amaliyotda uchrab turadigan turli muammolarning ilmiy asoslangan yechimiga e’tibor qaratilayotgani ahamiyatlidir. 

Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar, chorvachilik va naslchilik sohalarini yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi eksporti bilan bog‘liq yechimini kutayotgan masalalar bor. Mashg‘ulotlarda buni hal etish borasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda. E’tiborlisi, amaliyot jarayonida hududlar bo‘yicha har bir mahallaning o‘sish nuqtalari va rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlar ham o‘tkaziladi.

– Tashkil etilayotgan o‘quv kurslarining ahamiyatli jihati bunda tinglovchilarga ham nazariy, ham amaliy bilimlar uyg‘unlashgan holda o‘rgatilishi, shuningdek, rahbar kadrlarning boshqaruv mahorati va ko‘nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi, – deydi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali bosh inspektori Murod Aminov. – Bundan tashqari, ishlarni «mahallabay» hamda «fuqarobay» tashkil etish maqsadida joylarga chiqib amaliyotlar tashkil etiladi.

Bunday malaka oshirish kurslari yil davomida barcha mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbar xodimlari uchun tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Zarif Komilov, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quv jarayonida ham amaliy, ham nazariy bilim beriladi