"Oqlov" spektaklining taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat drama teatrida taniqli jurnalist va adib Islom Hamro asari asosida yaratilgan "Oqlov" spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu spektakl O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston davlat drama teatri o‘rtasida imzolangan uch tomonlama shartnoma natijasida sahnalashtirilgan bo‘lib, ichki ishlar xodimlari faoliyatiga bag‘ishlanadi.
Spektaklda o‘z burchini halol va vijdonan bajargan huquq-tartibot sohasi xodimining boshdan kechirgan nohaqliklarga munosib tarzda, matonat bilan kurashishi, burch va mas’uliyat, kasbga sadoqat kabi jihatlar asosiy g‘oya sifatida teatr muxislariga taqdim etilgan.

Mazkur asar rejissyor Bahodir Mirmahsudov tomonidan sahnalashtirilgan.
Sahnalashtiruvchi rassom – Laziz Yodgorov. Liboslar bo‘yicha rassom – Rayhon Yo‘ldosheva. Bosh rolni Azamat Hazratqulov ijro etgan.
N.Usmonova, O‘zA