1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Jizzax viloyati hokimligiga ko‘p yillik tajribaga ega faxriy ustozlar, ta’lim-tarbiya muassasalaridagi eng faol o‘qituvchi, pedagog, murabbiy, tarbiyachilar jam bo‘ldi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev barcha yig‘ilganlarni kasb bayramlari bilan samimiy qutlab, Prezidentimizning O‘qituvchilar va murabbiylarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.   

– Sizlarni har qancha e’zozlasak, sizlarga har qancha hurmat ko‘rsatsak shuncha oz, o‘qituvchilik kasbi o‘zining mazmun va mohiyati, olijanobligi, ahamiyati va hurmati, qadr-qimmatini hech qachon yo‘qotmaydi, – dedi Jizzax viloyati hokimi E.Saliyev. – Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Sizlarning yoshlarimiz qalbi va ongiga, Ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini singdirish, ularni turli tahdidlardan asrash, komil inson etib voyaga yetkazish yo‘lidagi beqiyos xizmatlaringizni barcha ota-onalar, jamoatchiligimiz butun xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi”.

Mamlakatimizda ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasi davlat siyosatining ustuvor tamoyili sifatida qabul qilinib, inson kapitaliga e’tiborni yanada kuchaytirish, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etish borasida muhim dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. 5 yil muqaddam viloyatda 173 ta bog‘cha faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirda bu raqam 1 ming 337 taga, tizimdagi qamrov 76,5 foizga yetkazildi.

Oliy ta’lim sohasida ham jiddiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi besh yilda chet ellardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Sambhram” universiteti hamda Qozon federal universitetining Jizzax filiali tashkil etildi. Eng quvonarlisi, joriy yilda Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan pedagogika instituti – Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat universitetiga aylantirildi.

[gallery-9006]

Yurtboshimiz rahbarligida xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha tuzilgan Milliy kengash tomonidan 2022 – 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqilib, Prezidentimiz farmoni bilan tasdiqlandi.

Joriy yilda investitsiya, “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlariga asosan 71 ta ta’lim muassasasida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Shundan 6 ta yangi maktab qurildi, 42 ta maktabda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, 18 ta maktab mukammal ta’mirdan va 5 ta maktab joriy ta’mirdan chiqarildi. Bundan tashqari, tashabbusli byudjet asosida 42 ta umumta’lim maktablarida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

2022-2026 yillarda dasturlar doirasida jami 321 ta  ob’ektda umumiy qiymati qariyb 2 trillion so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag‘lar 38 ta maktab binosini qurish, 176 tasini rekonstruksiya qilish, 107 ta maktab binosini mukammal ta’mirlash uchun sarflanadi.

Maktablarni zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash eng dolzarb vazifalardan hisoblanib, 2016 yilga qadar viloyatda atigi 42 ta (7,7 foiz) maktab internet tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, bugungi kunda mavjud 555 ta umumta’lim maktabiga optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazilib, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlandi. 2022-2023 o‘quv yilida viloyatdagi 125 ta maktabga zamonaviy kompyuter jamlanmalari va boshqa texnik vositalar yetkazib berildi. 555 ta maktabdan 546 tasi 10 ming 479 ta kompyuter texnikasi bilan ta’minlandi va ular to‘liq “www.kundalik.com”  platformasiga ulangan.

bugungi kunda viloyatda yangi sifat bosqichidagi ta’lim maskanlari, xususan, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufida Prezident maktabi, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda 12 ta ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Joriy o‘quv yilida test sinovlarida ishtirok etgan 26 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlar orasidan eng zukko, bilimdon 4 mingga yaqini ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Viloyat xalq ta’limi tizimida 22 ming 719 nafar o‘qituvchi-pedagog faoliyat olib bormoqda. Ularning 1 ming 934 nafari  oliy, 5 ming 235 nafari birinchi, 8 ming 786 nafari ikkinchi malaka toifasiga ega. Jarayonda o‘qituvchilarimiz o‘rtasida xorijiy tillarni o‘rgatishga bo‘lgan e’tibor ortib borayotgani quvonarli hol. Ingliz, nemis, fransuz tili o‘qituvchilaridan 600 nafari xalqaro chet tilini bilish darajasi bo‘yicha, 347 nafar rus tili o‘qituvchilari esa S1 darajadagi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlardan mutaxassislarni viloyatga jalb qilish, o‘qituvchilarni xorijiy davlatlarga kasbiy mahorat va malakasini oshirishga yuborish kabi loyihalar albatta o‘z samarasini beradi. Joriy o‘quv yili davomida viloyatda jami 14 ming 604 nafar rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlar malaka oshirish kurslarida tahsil olishi rejalashtirilgan. bugungi kunda 22 ming 719 nafar pedagogning orasidan eng mahoratli o‘qituvchilarni tanlab, viloyat tajribasi sifatida “Mahoratli pedagog oltin fondi” tashkil etildi. 

Mazkur fondning maqsadi – eng tajribali, mahoratli  o‘qituvchilarni tanlab olish, ularni qo‘llab-quvvatlash, shuning bilan birga rivojlangan xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirish imkoniyatini yaratib berishdan iborat. 

– Joriy yilda 16 ming 534 nafar bitiruvchidan 300 ga yaqini xalqaro til bilish darajasi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lib, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin qabul qilindi, – dedi viloyat hokimi. – Birgina misol, Jizzax shahridagi Umid ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati bitiruvchisi Abdushukur Alijonov 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etilib, hozirda Polsha davlatining Varshava universitetida tahsil olayotganligining o‘zi yurtimizda ta’limga bo‘lgan e’tiborning amaldagi namunasidir.

Jizzaxlik bitiruvchilarning 6 ming 625 nafari yoki 40 foizi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich, keyingi uch yilda 3 barobarga oshgan.

Prezidentimiz tegishli farmoniga ko‘ra, umumta’lim va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchi hamda tarbiyachilaridan bir guruhi davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Ular orasida Zarbdor tumanidagi 25-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Asadulla Baytemirov “Fidokorona xizmatlari uchun”, Do‘stlik tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Manzura Misirova II darajali “Sog‘lom avlod uchun”, Paxtakor tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Olga Juravleva “Do‘stlik” ordenlari bilan, Sharof Rashidov tumanidagi “Mubinabonu” oilaviy bolalar uyi rahbari Ma’mura Qarshiboyeva hamda  G‘allaorol tumanidagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi  Lutfulla O‘talov “Shuhrat” medallari bilan taqdirlanganligi barcha jizzaxlik pedagoglarning mehnatiga qo‘yilgan munosib baho bo‘lganini alohida ta’kidlash lozim.

Tadbirda Prezidentimiz farmoniga ko‘ra davlat mukofotlari bilan taqdirlangan o‘qituvchi-murabbiylarga orden va medallar topshirildi. Mehnat faoliyatida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh pedagog, o‘qituvchi, murabbiy va tarbiyachilarga Xalq ta’limi vazirligi, viloyat hokimi hamda viloyat xalq va maktabgacha ta’limi boshqarmalarining faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

“O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlab o‘tgan bayram tadbirida respublika poytaxtidan kelgan taniqli san’atkorlar, viloyatning iqtidorli ijrochi yoshlari namoyish etgan konsert dasturi davomida yangragan kuy, qo‘shiq va jozibali raqslar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.

A.QAYUMOV, 

J.YORBEKOV (surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilik kasbi hech qachon qadrini yo‘qotmaydi