Buxoroda viloyatida ham O‘qituvchilar va murabbiylar kuni keng nishonlandi. Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov yig‘ilganlarni hamda Prezidentimiz farmoniga ko‘ra, davlatimizning yuksak mukofotlari, orden va medallari bilan taqdirlangan buxorolik bir guruh ustoz va murabbiylarni bayram bilan qutladi.

Tadbirda yurtimizda ta’lim-tarbiya masalasiga kompleks yondashgan holda bog‘cha, maktab ta’limi bilan birga oliy ta’lim tizimini ham uzviy rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Sohada erishilayotgan barcha yutuqlar fidoyi ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati evaziga kundan-kun ortib borayotgani qayd etildi.

Viloyatda 1 ming 782 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 541 ta umumta’lim, 20 ta Bolalar musiqa va san’at, 31 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari, 44 ta professional ta’lim, 8 ta oliy ta’lim muassasalari, 14 ta Barkamol avlod bolalar ijodiyot markazlari faoliyat yuritmoqda. Ularda 45 ming nafardan ortiq fidoyi pedagog va murabbiylar mehnat qilayotir. Keyingi yillarda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy qiyofaga keltirish borasida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirildi. 

[gallery-9005]

Joriy yilda viloyatda investitsiya, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar asosida 43 ta maktabda 192 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 5 mingga yaqin yangi o‘quvchi o‘rni yaratilib, mavjud 6 ming o‘rinli bino-inshootlar mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, 24 ta maktabgacha ta’lim muassasasida 58 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, qo‘shimcha 2410 ta o‘quv o‘rni, 160 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Tadbirda fidoyi o‘qituvchilarning samarali mehnatlari natijasida ko‘pgina o‘quvchi-yoshlar xalqaro fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, medallarni qo‘lga kiritgani, nufuzli san’at festivallari va tanlovlari, xalqaro sport musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganligi ta’kidlandi. Joriy yilda 22 ming 172 nafar o‘g‘il-qiz  maktabni bitirgan bo‘lsa, ularning 36 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Ushbu muvaffaqiyatlar zamirida ham qadrli ustozlarning alohida mehnati borligi e’tirof etildi.

Albatta, ustozlarning mehnatini birgina ushbu jihatlar bilan belgilab bo‘lmaydi. Aslida hayotimizdagi har bir omadli qadam, har bir muvaffaqiyat zamirida ustozlarning mashaqqatli mehnati, tinimsiz izlanishlari mujassam. Shu bois ham davlatimizda pedagog xodimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini rag‘batlantirish, ish haqini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilib, o‘qituvchilik, murabbiylik, ma’rifat sohasida jonkuyarlik va fidoyilik ko‘rsatayotgan insonlarni Vatanimizning yuksak unvonlari, orden-medallari va mukofotlari bilan taqdirlash o‘ziga xos an’anaga aylangan. 

Tadbirda ko‘p yillik tajribaga ega faxriy o‘qituvchilar, sohadagi faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan ustoz va murabbiylar, yosh pedagoglar munosib taqdirlandi.

Tadbir viloyatimiz san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi. Bayram tadbirlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilik eng yuksak maqom