Oqdaryoda ham hokim almashdi
Oqdaryo tumani hokimi Abilov Feruz Neʼmatullayevich boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Bugun xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi va unda tashkiliy masala koʻrildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.
Oqdaryo tumani hokimi Abilov Feruz Neʼmatullayevich boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Deputatlar Sulaymonov Najmiddin Baxriyevich nomzodini Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqladi.
Bugun viloyatning Joyboy tumaniga ham yangi hokim tayinlangan edi.