Jo Bayden oldida COVID-19ga qarshi kurash, iqlim o‘zgarishini to‘xtatish, irqiy adolat, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, immigratsiya va AQSHning dunyodagi yetakchilik mavqeini qayta tiklash kabi vazifalar ko‘ndalang turibdi, deb ma’lum qildi Oq uy.

"Prezident Bayden mamlakat bir vaqtning o‘zida bir nechta inqiroz bilan kurashayotgan bir vaqtda amerika oilalarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun faol harakat qilishi kerak. Bular COVID-19 pandemiyasini nazoratga olish, iqtisodiy yordam ko‘rsatish, iqlim o‘zgarishlarga qarshi kurash va irqiy adolat, fuqarolar huquqini ilgari surish, shuningdek, immigratsiya tizimini zudlik bilan isloh qilish hamda AQSHning dunyodagi yetakchilik mavqeini qayta tiklash kabi vazifalardir", - deyiladi Oq uy saytida berilgan xabarda.

AQSHning dunyodagi yetakchilik pozitsiyasini mustahkamlash uchun Bayden rejasi bo‘yicha, "milliy xavfsizlikni mustahkamlash, butun dunyoda dimokratik ittifoqchilikni qayta tiklash, Amerika qadriyatlarini hamda inson huquqlarini himoya qilish va o‘rtahol amerikaliklarga global iqtisodiyotda o‘z o‘rinlarini topish uchun yordam berish lozim".

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oq uy Bayden oldida hal qilinishi zarur bo‘lgan vazifalarni ma’lum qildi