Ona tilim – g‘ururim, faxrim!
Buxoro shahridagi 29-umumta’lim maktabida ham 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ochiq darslar, adabiyot haftaliklari tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlarda o‘quvchilar ona tilimizning tarixi, uning o‘rganilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, milliy adabiyotimiz ravnaqiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar haqida keng tushuncha va ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda.
–Til bayrami tadbirlari doirasida o‘quvchilar o‘rtasida rasm, insholar tanlovi, turli viktorinalar o‘tkazilmoqda, - deydi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilrabo Fayzullayeva. – Ushbu tanlovlarda o‘quvchilar faol ishtirok etib, ona tilimizga bo‘lgan faxr va g‘urur hissini yanada teranroq his etmoqda.
O‘zA fotomuxbiri
Tohir ISTATOV olgan suratlar.