«Oltin kuz» forumida eng yaxşi ijodkor yoşlar aniqlandi
Toşkent şahridagi Yoşlar ijod saroyida ikki kun davom etgan «Oltin kuz» iqtidorli ijodkor yoşlar forumi öz nihoyasiga yetdi.
Forumning yakuniy kunida tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi hamda gala-konsert taşkil etildi. Tadbirda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham iştirok etib, ğoliblarni qutladi.
Ikki kun davomida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yoşlar öz iqtidori va ijodiy salohiyatini namoyon etdi. Tasviriy sanʼat, qöşiqçilik, raqs va boşqa yönalişlarda turli tanlovlar ötkazildi. Bundan taşqari, iştirokçilar uçun seminar-treninglar, mahorat darslari, ijodiy uçraşuvlar, teatr tomoşalari va konsert dasturlari taşkil etildi.
Forum doirasida tasviriy sanʼat tanlovida birinçi örin Madinabonu Umurzoqovaga, ikkinçi örin Iroda Safforovaga, uçinçi örin Abdulloh Xöjamatovga nasib etdi.
«Hududiy ijodkor yoşlar ijodi» tanlovida birinçi öringa Xorazm viloyati ijodkor yoşlari, ikkinçi öringa Farğona viloyati ijodkor yoşlari, uçinçi öringa Qoraqalpoğiston Respublikasi ijodkor yoşlari sazovor böldi.
«Karaoke batl» tanlovida birinçi öringa Laylo Şarofiddinova, ikkinçi öringa Merey Baxtibayev, uçinçi öringa Sayidxon Hakimov munosib topildi. «Raqs batl» tanlovida birinçi öringa Aleksandr Şaripovga, ikkinçi öringa Tohirjon Abbosov, uçinçi öringa Zlata Yablokova munosib topildi.
«Oltin kuz — 2026» foto va video çellenjida birinçi öringa Şahzod Zoirov, ikkinçi öringa Farğona viloyati madaniyat boşqarmasi, uçinçi öringa Nurmuhammad Usmonov loyiq topildi.
Forum yoşlar uçun öz isteʼdodini namoyon etiş, yangi döstlar orttiriş, tajriba almaşiş va ijodiy hamkorlik uçun ham yaxşi imkoniyat böldi. Şu tariqa, «Oltin kuz» forumi yoş ijodkorlarga unutilmas taassurotlar va yangi ğoyalar bağişlagan holda öz yakuniga yetdi.
N.Usmonova,
ÖzA