Ollie Uotkins «Al-Hilol» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
Saudiya klubi 30 yoshli angliyalik futbolchini yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Karim Benzemaning o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
«Aston Villa» hujumchisi Ollie Uotkins «Al-Hilol»ga o‘tish bo‘yicha shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu haqda Livescore insayder Sasha Tavolyeriga tayanib xabar berdi.
Saudiya klubi 30 yoshli angliyalik futbolchini yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Karim Benzemaning o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Biroq «Al-Hilol» hozircha «Aston Villa»ga rasmiy taklif yubormagan.
Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi avvalo Benzema bilan bog‘liq vaziyatni hal qilishi kerak. Fransiyalik hujumchining shartnomasidagi to‘lovlarning bir qismi nafaqat «Al-Hilol», balki mamlakat futbol ma’muriyati bilan ham bog‘liq. Benzema jamoani tark etishga rozi bo‘lishidan oldin shartnoma bo‘yicha qolgan mablag‘ni to‘liq olishni talab qilmoqda.
«Al-Hilol» Benzemaning ketishini yozgi transfer oynasidagi ustuvor vazifa deb hisoblamoqda. Faqat bu masala hal qilinganidan keyingina klub Uotkins transferini rasmiylashtirishga kirishishi mumkin.
Uotkins o‘tgan mavsumni yuqori saviyada o‘tkazib, 21 ta gol urdi. Uning ehtimoliy ketishi «Aston Villa» uchun jiddiy yo‘qotish bo‘ladi. Biroq klub asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashishga tayyor bo‘lgan 17 yoshli Brayan Majoga umid qilmoqda.