Oliy ta’limdagi islohotlar muhokama etildi
FOTOREPORTAJ
Urganch davlat universitetida “Oliy ta’lim islohotlari: muammolar, yechimlar, yutuqlar” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.
[gallery-20890]
Anjumanda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zafarbek Ibrohimov tomonidan universitetning barcha yo‘nalishlari kesimida olib borilgan ishlar, yutuq va natijalar hamda kelgusidagi rejalar haqida ishtirokchilarga ma’lumot berildi. Xususan, bu yerda mavjud yo‘nalishlar, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, universitetning xalqaro reytingdagi o‘rni hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, professor-o‘qituvchilarning chet elda malaka oshirib kelayotgani xususida so‘z yuritildi.
Jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob qaytarildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA