Oliy ta’lim – yangi imkoniyatlar bosqichi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 2025/2026 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda talaba sifatida ilk bor oliy ta’lim muassasasi ostonasiga qadam qo‘ygan yoshlar, ustozlar va ota-onalar ishtirok etdi.
Hayajonli onlar davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Shundan so‘ng Navoiy kon-metallurgiya kombinati Bosh direktori, NDKTU Boshqaruv kengashi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Q.Sanaqulov yangi maqsadlar sari dadil odimlayotgan yigit-qizlarni samimiy qutladi. Har bir fakultet bo‘yicha eng yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilgan yoshlarning ota-onalariga universitet rektori tashakkurnomasi tantanali topshirildi. 4-bosqichni tamomlagan yoshlar 1-kurs talabalariga ramziy kalitni topshirib, tom ma’noda mazkur yoshlar uchun oliy ta’lim dargohining imkoniyatlar eshigi ochib berildi va yangi o‘quv yilining ilk kuni boshlandi.
[gallery-25156]
Joriy o‘quv yilida universitet 2 ming 100 nafardan ortiq talabani bag‘riga olib, endilikda 24 ta bakalavr dasturida kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Xususan, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Sun’iy intellekt, Atrof-muhit muhandisligi kabi bakalavr dasturlari yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasasi jami talabalari soni 11 ming nafardan oshdi.
Siroj ASLONOV(surat,video),O‘zA