Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq, Halilillo Sobirjonovich To‘raxo‘jayevni lavozimda bo‘lishning muddatsiz davriga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Luqmon Muxtorovich Qodirov, Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev, Abdurasul G‘apporovich Eranovni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.