Olis qishloqlarga koʻchma doʻkonlar yetib bordi
Maʼlumki, qishloq hududlarida non mahsulotlari doʻkonlari boʻlmagani bois unga talab yuqori boʻladi.
Jizzax viloyatining eng olis hududida joylashgan Yangiobod tumandagi barcha mahallalarda koʻchma doʻkonlar savdosi tashkil etilib, eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari aholiga uzluksiz yetkazib berilmoqda.
Maʼlumki, qishloq hududlarida non mahsulotlari doʻkonlari boʻlmagani bois unga talab yuqori boʻladi. Shu bois tuman qishloqlariga koʻchma doʻkonlar orqali un sotuvini yoʻlga qoʻyishga hokimlik tomonidan alohida eʼtibor berilmoqda.
– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-apreldagi yigʻilishi qaroriga asosan karantin davrida aholiga yetkazib beriladigan un mahsulotlarini tadbirkorlik subyektlari birja savdolari orqali emas, balki donni qayta ishlash korxonalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotib olish tartibining belgilangani tufayli ushbu mahsulot taʼminoti yana-da yaxshilandi, – deydi tuman DSI boshligʻi Oʻktam Husanov. – Ushbu tartib joriy etilgandan buyon tuman qishloqlarga belgilangan jadval reja asosida un yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi. Aprelning soʻngi sanasiga shu usulda qishloqlarga 100 tonnadan ziyod ziyod un yetkazib borildi.
Koʻchma doʻkonlar qishloqlarga boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ham sotayotir. Davlat Soliq xizmati xodimlari tomonidan un va boshqa mahsulotlar narxining oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida doimiy nazorat olib borilyapti.