Olis manzil aholisi malakali tibbiy xizmatdan mamnun
Navoiy viloyatining olis manzillaridan biri Tomdi tumani tibbiyot birlashmasidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
“Salomatlik-3” loyihasi asosida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning perinatal bo‘limi 2019 yili ilg‘or tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi. Zamonaviy tez yordam mashinalari keltirildi. E’tiborlisi, bu yerda “Elektron poliklinika” tizimi yo‘lga qo‘yilgani avtomatlashtirilgan elektron ambulator kartani yuritish, aholiga esa onlayn usulda, ya’ni uydan chiqmasdan shifokor qabuliga yozilish va qulay vaqtda tibbiy xizmat olish imkonini bermoqda.
Tajribali shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat jamoa xizmatidan aholi birdek mamnun. Xususan, jamoa vakillaridan biri, jarrohlik bo‘limi boshlig‘i Najmiddin Xalilov mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan II darajali “Salomatlik” ordeni bilan mukofotlangan.
[gallery-15210]
O‘zA fotomuxbiri Siroj ASLONOV olgan suratlar.