Olimlar yirik bakteriyadan ogohlantirmoqda
Xalqaro mutaxassislardan tuzilgan jamoa “Lancet” jurnalida e’lon qilgan maqolada aytilishicha, antibiotikka chidamli bakteriya ta’sirida so‘nggi 25 yil ichida 39 milliondan ziyod kishi halok bo‘lgan.
– Hisobimizcha, 2050 yilgacha dunyo bo‘ylab aksil biotikka chidamli bakteriyadan zararlanib, har yili 1,91 million kishi jon beradi, 8,22 million o‘lim holati shu sabab tufayli yuzaga keladi. Taxminga ko‘ra, 2025-2050 yillari ayni muammo jami 39,1 million kishi hayotdan ko‘z yumishiga olib keladi. 169 million insonning o‘limi qisman bakteriyalarga bog‘lanishi bashorat qilinyapti.
Olimlarning fikricha, eng ko‘p o‘lim holati Janubiy va Sharqiy Osiyo, shuningdek Okeaniya va Afrika janubida kuzatiladi.
Antibiotiklar ham bas kela olmaydigan bakterial patogenlar rezistent yoki superbakteriya deb ataladi. JSST statistikasiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ushbu infeksiya bilan bog‘liq o‘lim holati yurak xuruji va insult xastaliklaridan keyin eng ko‘p uchraydi. 2019 yil shunday vaziyatda 4,95 million kishi vafot etgan. Olimlarni superbakteriya ayniqsa metitsillin kabi antibiotiklar, jumladan, “Staphylococcus aureus”ga chidamliligi jiddiy tashvishga solyapti.