Yaponiyaning Tokio shahrida Xalqaro olimpiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki kun davom etgan anjumanda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishning birinchi kunida  bir qator masalalar muhokama qilindi.

Biz uchun ushbu anjumanning ahamiyatli tomoni shundaki, O‘zbekiston sport tarixida ilk bor mamlakatimiz vakili, 1991 yildan jahon va qit’a chempionatlari, olimpiya va Osiyo o‘yinlarida, kubok musobaqalarida doimiy tarzda Vatanimiz nomini ulug‘lab kelayotgan hamda o‘ziga xos rekord o‘rnatgan o‘zbek sport afsonasi Oksana Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasining sportchilar komissiyasiga a’zo bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Aytish lozimki, XOQning sportchilar komissiyasi 17 o‘rindan iborat. Shu kunlarda mazkur komissiya a’zolarining 4 nafari o‘z vakolatini topshirgan. Bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun 30 nafar yetakchi atletning nomzodi ilgari surilmoqda. Komissiya a’zoligiga nomzod bo‘lgan sportchilar, sobiq atletlar shu kunlarda Yaponiyaga taklif etilgan. Ovoz berish jarayonlari joriy yilning 3 avgustigacha davom etadi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax yig‘ilish jarayonida sportchilar komissiyasiga tanlanadigan 4 nafar nomzodga ovoz berish jarayonlari haqida so‘z yuritib, ovoz berish onlayn tarzda o‘tkazilmasligini, nomzodlar qaysi darajada bo‘lishidan qat’iy nazar barchasi teng huquqqa egaligi, ular tanlangunga qadar Tokiodagi “Olimpiya qishlog‘i”da bo‘lishga haqli ekanligini ta’kidlab, 3 avgust kuni saylangan nomzodlar orasidan XOQ Sportchilar komissiyasi raisi saylanishini bildirdi. Ushbu komissiya raisi o‘z navbatida, XOQ ijroiya qo‘mitasi a’zosi ham hisoblanadi.

E’tiborli jihati, O‘zbekiston olimpiya harakati tarixida Oksananing shunday sharafli nomga sazovor bo‘lishi mamlakatimiz sportining o‘ziga xos yutug‘i bo‘ldi. Nomzodlar jahon olimpiya harakati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Chusovitinaning e’tirof etilishi Xalqaro olimpiya qo‘mitasining, uning tegishli bo‘linmalari va komissiyalarining yurtimiz professional sportiga katta ehtiromi sifatida qabul qilmoq lozim.  

Yig‘ilishda 6 sport turi - lakross, chirliding, aysshtok, sambo, kikboksing va muay-tay Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan sport turlari sifatida ko‘rsatildi. Lekin bu ularning olimpiya o‘yinlari tizimiga kiritildi, degani emas, albatta. Biror sport turining olimpiya o‘yinlari tarkibiga kiritilishi uzoq davom etadigan jarayon. bugungi kunda dunyoda 10 dan ziyod sport turlari XOQ tomonidan tan olingan bo‘lsa-da, olimpiya o‘yinlariga kiritilmagan.

Anjumanda olimpiya o‘yinlari shioriga biroz o‘zgartirish kiritilgani ma’lum qilindi. 1894 yildan beri qo‘llanib kelingan "Tezroq, Balandroq, Kuchliroq”ning davomiga “Birgalikda” qo‘shildi.

Bugun, 21 iyul kuni yig‘ilishning yakuniy qismi bo‘lib o‘tdi. Unda 2032 yilgi yozgi olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga da’vogar davlatlarning imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Aytish lozimki, 34-Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga Doxa, Budapesht, Reyn-Rur, Chenju va Chunsin shaharlari qatorida Avstraliyaning Brisben shahri ham nomzodlar safida bor edi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, avstraliyaliklar g‘olib chiqdi va 2032 yilgi yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ldi.  

To‘lqin RO‘ZIEV

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oksana Chusovitina Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi bo‘lishi mumkin