O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova rahbarligida xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash sohasini raqamlashtirish ishlarini takomillashtirish, idoralararo raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 9 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan kelib chiqadigan asosiy vazifalarning ijro etilish holati tahlil qilindi. Taklif va tavsiyalar muhokama etildi.  

Idoralararo hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.  

Raqamli texnologiyalar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Adliya, Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari, Soliq qo‘mitasi hamda boshqa daxldor tashkilotlarning xodimlari tomonidan oila va xotin-qizlar muammolari, fuqaro murojaatlari bilan ishlash, tezkor hal qilishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati kabi masalalarda takliflar bildirilib, o‘zaro muhokama qilindi. Mavjud tizimlarni takomillashtirishga kelishib olindi.  

***

Shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova hamda BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi (FAO) vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

Muloqot avvalida Bosh vazir o‘rinbosari tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi istiqbolli loyihalari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini, ayniqsa, qishloq joylarini rivojlantirish va eng chekka hududlarda ham ayollar tadbirkorligini rivojlantirish ishlaridagi samarali faoliyati e’tirof etildi.  

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali oilalar farovonligini oshirish borasidagi ishlarga yuqori baho berildi.    

Bugungi kunda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlashdagi qator ustuvor vazifalar muhokama qilindi.  

Qishloq va chekka hududlarda yashovchi ayollarga iqlimga moslashishga oid cho‘llashishga qarshi amaliy yordam berish, shuningdek, ayollarni ko‘chatchilik, asalarichilik, “Smart Farm” ya’ni “Aqlli fermerlik” va turli qishloq xo‘jaligi sohalarida savodxonligini oshirishga oid  o‘quvlarni tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.  

Sog‘likni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ilm-fan, ta’lim sohalari va madaniy gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish,  “Xalqaro qishloq ayollar kuni”ga oid tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish, “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha  birgalikdagi tadbirlarni tashkil qilishga ahamiyat qaratildi.  

N.Usmonova,  

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oila va xotin-qizlarga oid barcha muammolar tizimli hal etilmoqda