Oila tomorqasida noyob sitrus mevalar parvarishlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida ham o‘zining hayotbaxsh samaralarini bermoqda.
“Bog‘bon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Xayrullo Maqsumov oilalar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, doimiy daromad manbai bilan ta’minlashga qaratilgan amaliy harakatlar tufayli bankdan 33 million so‘m imtiyozli kredit olib, xonadon tomorqasidagi 2 sotix, mahalladagi bo‘sh maydonning 4 sotix yerida issiqxona barpo etdi.
[gallery-19167]
Yaqinda bankdan 100 million so‘m imtiyozli kredit olish orqali faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, “Xazina” oilaviy korxonasi tashkil etilib, issiqxonalarda noyob sitrus mevalar parvarishlanmoqda. Hozirda 3 xil navdagi banan, kivi ko‘chatlari baravj rivojlangan. Banan navlari orasida Meksikada o‘suvchi turi ham bo‘lib, u mahalliy iqlim sharoitiga oson moslashmoqda. Shuningdek, Turkiyadan olib kelingan 3 turdagi papayya hosilga kirdi.
Ma’lumki, Papayya 2,5-3 metrgacha o‘sib, ikki yilda hosilga kiradi. Uning mevasi xuddi qovun ta’mi mazasini beradi hamda bitta mevasi bir kilogrammgacha tosh bosadi. Bundan ko‘rinadiki, omilkorni mo‘may daromad kutmoqda.
Ayni paytda xonadon sohibi arab anorini olib kelib, undan mahalliy sharoitda mo‘l hosil olish hamda kivi, banan yetishtirishda ko‘chatchilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida izlanishlar olib bormoqda.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA