Ohangaronda yangi korxona ish boshladi
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida “Limaks gold tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi chet el korxonasi ish boshladi.
Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida “Limaks gold tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi chet el korxonasi ish boshladi.Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat, shahar hokimligi mas’ullari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, yengil sanoat tarmog‘i, to‘qimachilik korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, paxta xom ashyosini qayta ishlashni yanada kengaytirish va import o‘rnini bosadigan sifatli mahsulotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Loyiha to‘liq ishga tushirilishi uchun xitoylik sarmoyadorlar tomonidan 3 million AQSH dollarilik investitsiya kiritildi. Korxonada kuniga 30 ming juft paypoq ishlab chiqariladi. Mahsulotning 70-80 foizi eksport qilinadi.

– Xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxonada 180 ish o‘rni yaratildi. Ishchilarning aksariyati kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlardir, – deydi korxona rahbari Li Siang Chang. – Mahsulot turini ko‘paytirish, sifatini yanada yaxshilash bilan birga, ichki va tashqi bozorda xaridorgirligini oshirishga harakat qilmoqdamiz. Kelgusida ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish hisobidan ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirishni rejalashtirganmiz.
Ohangaron shahrining 2018-yilgi eksport rejasi 415 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Joriy yilning birinchi choragida 134,7 ming dollarga teng sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bugungi kunda shaharda yengil sanoat yo‘nalishi bo‘yicha 7 korxona eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarmoqda.
Shahar hokimligi tomonidan joriy yilda yana 13 loyihani amalga oshirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Shundan 11 tasi aynan yengil sanoat yo‘nalishida bo‘lib, ularning ishga tushirilishi natijasida yana mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi.