Ohangardondagi holat, poligonlarning qisqarishi, giyohvandlik savdosining oldi olinishi, sanatoriyalar va Osiyo o‘yinlari – Qisqa xabarlar (+video)
Bugungi dasturimizda Ohangaron shahridagi bog‘chada yuzaga kelgan ko‘ngilsiz holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, mamlakatimizda chiqindi poligonlarini qisqartirish va yerlarni tabiatga qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Farg‘onada yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi musodara qilingani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan Respublikamizda sanatoriya va dam olish muassasalari soni ortib borayotgani, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovning Budapeshtdagi nufuzli shaxmat musobaqasida ishtirok etishi hamda Yaponiyada davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarining kurash musobaqalarida polvonlarimiz qo‘lga kiritgan yuqori natijalar o‘rin olgan.
Ziqyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA