O‘g‘rining rejasi amalga oshmadi
Noma’lum shaxs Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Sharq mahallasi Yu.Hamadoniy ko‘chasida turgan Navoiy viloyati Zarafshon shahar Yoshlik mahallasida yashovchi boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinaning qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, salonidan 12.800.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan noma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni tumanning Degrezon mahallasida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro B.B. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA