Og‘ir atletikachilarimiz Turkiyada
Mamlakatimiz og‘ir atletikachilari joriy yil davomida bir qator xalqaro turnirlarda ishtirok etishi bilan birga, yozgi Osiyo o‘yinlari hamda kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan.
Bugun, 14-iyuldan mazkur nufuzli musobaqalarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev yetakchiligidagi terma jamoamiz a’zolari Turkiyaning Istanbul shahrida navbatdagi xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi.
Sportchilarning jismoniy, ruhiy va texnik imkoniyatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan ushbu yig‘inda O‘zbekiston terma jamoasining 13 nafar a’zosi ishtirok etmoqda.
Bahrom Mendiboyev va Jo‘rabek Zoirov murabbiyligidagi terma jamoa mashg‘ulotlari 13-avgustga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA