OFK Kubogi. "Nasaf" "Ahal"ni Qarshida kutadigan bo‘ldi
Deyarli har kuni pandemiya sharoitidan kelib chiqib ish tutuyotgan, qator o‘zgartirishlar qilayotgan Osiyo futbol Konfederatsiyasi hatto OFK kubogiga doir ham yangiliklarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra OFK Kubogi saralash o‘yinlarida ishtirok etgan Markaziy mintaqaning ikki guruhi g‘oliblari "Nasaf" (O‘zbekiston) va "Ahal" (Turkmaniston) o‘rtasidagi o‘yin Qarshida o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Aslida bu ikki uchrashuv ikki maydonda – uy va safar tizimida tashkil etilishi oldindan belgilangandi. Xayriyatki, OFK qarori bizning foydamizga ishladi - 25 avgust kuni “Nasaf” “Ahal”ni Qarshida, o‘zining “Markaziy” stadionida qabul qiladi. Mazkur o‘yin g‘olibi OFK kubogi yarim finaliga yo‘llanma oladi.
Aynan pandemiya tufayli “G”, “H” va “I” guruhi bahslari butunlay bekor qilindi. Bugun, shuningdek, OFK kubogi pley-off bahslariga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilishi kerak edi. OFK qaroriga ko‘ra, qur’a taxminan 4 avgustga qoldirildi.
O‘zA