Odil sudlov – inson huquqlari kafolati
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan joriy yilning to‘qqiz oyida 8.532 nafar shaxsga nisbatan 7.321 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Hisobot davrida o‘tgan yilga nisbatan firibgarlik, o‘g‘rilik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, bezorilik, qasddan badanga shikast yetkazish, bosqinchilik jinoyatlari oshgan bo‘lsa, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish, pora berish, transport vositasini olib qochish jinoyatlari kamaygan.
[gallery-9217]
Farg‘ona viloyat sudi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida shular haqida so‘z yuritildi. Aytib o‘tilganidek, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida o‘tgan yilda 5 nafar shaxs oqlangan bo‘lsa, joriy yilning tahlil qilinayotgan davrida 21 nafar shaxs apellyatsiya instansiyasida Jinoyat-protsessual Kodeksining 83-moddasiga asosan reabilitatsiya qilinib, ularga nisbatan yuritilgan jinoyat ishlari tugatildi.
Tadbirda tumanlararo iqtisodiy sudlar, fuqarolik sudlari tomonidan ko‘rilgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Viloyatda yilning o‘tgan davrida mulk huquqiga oid, ya’ni o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni buzdirish, uyga kiritish bilan bog‘liq nizolar kamaygan bir paytda kredit undirish, oila, mehnat nizolari hamda nikohdan ajratish kabi ishlar soni oshgani qayd etildi.
Jurnalistlar va blogerlar soha vakillaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA