Odam savdosi – asr muammosi
Soʻnggi yillarda odam savdosi va majburiy mehnatning oldini olish, unga barham berish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻnalishida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Ushbu saʼy-harakatlar natijasida bolalar mehnatiga barham berildi, qishloq xoʻjaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan tizimli foydalanish amaliyotiga chek qoʻyildi.
Prezidentimizning “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Bu esa, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini oshirishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yangi tizimini yaratib berdi.
Farmonga asosan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tashkil qilinib, uning tarkibida Odam savdosiga qarshi kurashish hamda Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyalar tashkil etildi.
Milliy komissiya hamda kichik komissiyalar faoliyatini tartibga soluvchi nizomlar tasdiqlandi, shuningdek, joylarda hududiy komissiyalar tashkil etilib, ularning faoliyati uchun barcha huquqiy asoslar yaratildi.
Milliy komissiya tomonidan odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda bu borada Oʻzbekistonning xalqaro reytinglarda pozitsiyasini yaxshilashga qaratilgan 4 ta chora-tadbirlar dasturi qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda.
Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi hamda Jinoyat kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunlar qabul qilindi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishga asosan majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha, xuddi shunday huquqbuzarlik takroran sodir etilgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima qoʻllash belgilandi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga qoʻshimchalar kiritish orqali bolalar mehnati va majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Odam savdosi jabrdiydalarini aniqlash, ularga ijtimoiy, huquqiy yordam berish maqsadida www.ht.gov.uz veb-sayti hamda Ichki ishlar vazirligida (99) 311-01-01 raqamli “dolzarb aloqa tarmogʻi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida fuqarolar tomonidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish hamda majburiy mehnatni bartaraf etish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “1176” raqamli ishonch telefoni, www.dmi.mehnat.uz sayti, “mehnathuquqbot” telegram kanali, Kasaba uyushmalari federatsiyasining “Qayta aloqa mexanizmi” loyihasi doirasida “1192” raqamli ishonch telefoni va kasaba_bot telegram kanali tashkil qilindi.
2019-yilda odam savdosi bilan bogʻliq 94 ta jinoyat qayd etilib, 2018-yilga nisbatan 22 foizga kamaydi. Sodir etilgan jinoyatlar boʻyicha 137 nafar uyushgan jinoiy guruh aʼzosi jinoiy javobgarlikka tortilgan boʻlib, ulardan 119 nafarini ayollar, 18 nafarini erkaklar tashkil etadi.
Majburiy mehnatni oldini olish maqsadida 2 ming 779 ta tashkilot, korxona, muassasalar oʻrganilib, majburiy mehnatga yoʻl qoʻygan 259 nafar hamda ish haqlarini oʻz vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxsga qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi.
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazida jami 220 nafar odam savdosi jabrdiydalariga tibbiy, psixologik va huquqiy xizmatlar koʻrsatildi. Shuningdek, ularning 113 nafari ish bilan taʼminlandi. Odam savdosi jabrdiydasi boʻlgan 40 nafar shaxsga zarur konsullik-huquqiy yordami berilib, ularning Oʻzbekistonga qaytishlariga amaliy yordam koʻrsatildi.
3 ming 938 nafar fuqaro chet elda ish bilan taʼminlandi, 235 mingdan ziyod fuqaroga maslahat xizmati va huquqiy yordam berildi, ish haqini vaqtida ololmagan mehnat migrantlarining jami 529 ming 874 AQSH dollari miqdoridagi ish haqlari undirib berildi.
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish maqsadida davlat organlari, nodavlat tashkilotlar mutaxassislarining kasb malakasini oshirish, ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribalarini oʻrganish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
– Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda 2019-yilda paxta yigʻim-terimi mavsumida bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanish yuzasidan uchinchi tomon monitoringi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan milliy monitoring oʻtkazildi, – deydi Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboyeva.
– Monitoring natijalariga koʻra Oʻzbekistonda paxtachilikda tizimli ravishda bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga barham berilganligi qayd etildi. Odam savdosi jabrlanuvchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni Vatanga qaytarish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlarining huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda “Stop-trafik” va “Nelegal” kabi tadbirlar oʻtkazildi. Tadbirlar davomida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston hududida jami 43 ta odam savdosi bilan bogʻliq jinoyat aniqlandi.
Ushbu turdagi jinoyatni sodir etganligi uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan 3 nafar shaxs ushlandi. Fuqarolarimiz ishchi kuchidan foydalanish qoidalarini buzgan 56 nafar Qozogʻiston fuqarosi (ish beruvchi) maʼmuriy javobgarlikka va migratsiya qonunchiligini buzgan 6 nafari esa jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu yoʻnalishda qator muammolar ham kuzatilmoqda.
Xususan, bugungi kunda ham ayrim mahalliy ijro hokimliklari, vazirlik, idoralar hamda ularning quyi tuzilmalari rahbarlari tomonidan xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari kuzatilgan. Shuningdek, 2019-yilda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xizmatchilari va harbiy bilim yurtlari kursantlari majburiy tarzda paxta yigʻim-terimiga jalb etilgan.
Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan monitoring yakunlari boʻyicha 2019-yilda paxta yigʻim-terimiga 102 ming nafar shaxs majburiy jalb etganligi qayd etilgan.
2019-yilda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar 2018-yilga nisbatan kamaygan boʻlsada, bu yoʻnalishdagi jinoyatlar orasida chaqaloq savdosi jinoyatlari yuqoriligicha qolgan. Chaqaloq savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida 5 tadan, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida 4 tadan, Samarqand, Fargʻona, Namangan, Andijon, Navoiy viloyatlarida 3 tadan sodir etilgan.
Chaqaloqni sotish sabablari oʻrganilganda 19 ta holatda oilaviy sharoitning ogʻirligi, bolani boqishga imkon yoʻqligi, 3 ta holatda uy-joy olish, 9 ta holatda oʻz aybini yashirish va 10 ta holatda moddiy manfaat uchun bunga qoʻl urilgani maʼlum boʻlmoqda. Chaqaloq savdosi jinoyatida ishtirok etgan shaxslarning 10 nafarini yoki jami vositachilarning 32 foizini tibbiyot sohasi vakillari tashkil etadi.
2019-yilda chaqaloq savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar 72 nafar shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlib, shundan 62 nafari, yaʼni 86 foizini ayollar tashkil qiladi.
Odam savdosi bilan shugʻullangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish va ularni sudgacha olib borishda tegishli soha mutaxassislarining bilimi hamda tajribasi yetishmaydi. Shu sababli odam savdosi bilan bogʻliq 710 ta murojaatdan bor-yoʻgʻi 94 tasi boʻyicha jinoyat ishi ochilib, 137 nafar aybdorga nisbatan qonuniy choralar koʻrilgan.
Mehnat migratsiyasini tartibga soluvchi alohida qonun mavjud emas. Shu bilan birga Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining moddiy-texnik bazasi eskirgan va talabga javob bermaydi. Markazda jabrlanuvchilarga oziq-ovqat va dori-darmon uchun yetarli mablagʻ ajratilmaydi.
Bu boradagi ishlarni yana-da rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Migratsiya toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasini, Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda 2021-2023-yillarga moʻljallangan Oʻzbekistonda munosib mehnat boʻyicha mamlakat dasturi loyihasini ishlab chiqish zarur.
Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha Milliy strategiya loyihasini ishlab chiqish, bunda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlar uchun munosib ish oʻrinlarini yaratish, shuningdek, norasmiy bandlikni qisqartirish masalalarini nazarda tutish maqsadga muvofiq.