Ochiq osmon ostida multfilmlar namoyishi
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan “CinemaDays-2020” kino kunlari doirasida “Humo arena”da bolalar uchun milliy animatsion filmlar namoyishi tashkil etildi.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan “CinemaDays-2020” kino kunlari doirasida “Humo arena”da bolalar uchun milliy animatsion filmlar namoyishi tashkil etildi.
Bu yerda multiplikatsion filmlar studiyasi tomonidan yaratilgan “Charxpalak 2019”, “Charxpalak 2020”, “Mittivoy”, “Gʻildirakli uy”, “Qoʻzichoq, nay va qaroqchi boʻrilar”, “Avtosarguzashtlar”, “Quvvat” kabi yangi multfilmlar namoyish etildi.
Tadbir davomida bolajonlar oʻzbek animatorlarining ish jarayonini kuzatdi. Oʻzlari ham animatsiyalar chizishga harakat qildi. Tayyor kartinalarni boʻyadi, yangi qahramonlar rasmini yaratishga harakat qildi.
Mutaxassislar tomonidan mahorat darslari, uchrashuvlar oʻtkazildi. Multqahramonlar bilan bolalar oʻrtasida turli oʻyinlar, qiziqarli musobaqalar oʻtkazildi.
— Anchadan buyon bunaqa tadbirlar boʻlmaganiga uyda zerikib oʻtirgandik, — dedi Umidjon Karimov. — Bugungi tomoshalar barchamizga manzur boʻldi. Ertak qahramonlari bilan rasmga tushdik. Rasm chizdik, ashula aytib, oʻynadik. Yangi multfilmlar koʻrdik.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.