Obod bo‘lgan Bo‘ston mahallasi
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi Bo‘ston mahallasida 2 ming 760 nafar aholi istiqomat qiladi. Joriy yil “Obod mahalla” dasturi doirasida hududda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Dastur doirasida 155 xonadonning tashqi fasadi joriy ta’mirlanib, rang berildi. Hudud obodonlashtirilib, 10,1 km ariq va zovurlar tozalandi. “Yangihayot”, “Qo‘shchinor”, “X.Eshonov” ko‘chalariga jami 87 dona beton tayanch ustunlari hamda “X.Eshonov” ko‘chasiga 1 ta 250 KVTli transformator o‘rnatildi. Bo‘ston ko‘chasi xonadonlariga toza ichimlik suvi yetkazib berish uchun 700 metr masofaga quvurlar yotqizildi. 25 ta xonadon homiylar ko‘magida ta’mirlanib, devorlari yangilandi.
[gallery-2391]
Hududga 1890 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt hamda 3 ming 580 tupdan ortiq turfa xildagi gul ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. “Yoshlar daftari”dagi 40 nafar yoshga 20 sotixdan yer ajratilib, ularga dehqonchilikni boshlab olishlarida ko‘maklashildi.
Hududda jami 18 ta issiqxona mavjud bo‘lib, 4 tasi joriy yilda tashkil etildi. 8 nafar fuqaroga imtiyozli kredit asosida qoramol olib berildi.
Hotam MAMADALIEV(surat), O‘zA