OAV: Marsda sabzavot yetishtirish mumkin
Kelajakda Marsga ko‘chib boruvchilar o‘zlari bilan oziq-ovqat olib ketishi shart emas. Ular Irlandiyaning Limerik shahrida yetishtirilgan urug‘larni Qizil sayyoraga yetkizsa, bas.
Kelajakda Marsga ko‘chib boruvchilar o‘zlari bilan oziq-ovqat olib ketishi shart emas. Ular Irlandiyaning Limerik shahrida yetishtirilgan urug‘larni Qizil sayyoraga yetkizsa, bas."Limerick Post"nashrida chop etilgan xabarga asoslanib, olimlar ayrim sabzavot turlarini Mars sayyorasi sharoitiga moslashtirayotgani haqida yozmoqda TASS.
Yaqin kunlarda Limerik texnologiya universiteti seleksionerlarining ko‘p yillik tajribalari asosida olingan yangi urug‘lar Antarktika stansiyasiga jo‘natiladi. U yerda Qizil sayyora iqlimiga mos sharoitda( 40 darajagacha sovuq haroratda) urug‘lar va ko‘chatlar sinovdan o‘tkaziladi. Keyingi bosqich Xalqaro kosmik stansiya. Stansiyada 15 madaniy o‘simlik jamlanmasi - pomidor, bodring, uch xil salat barglari, bulg‘or qalampiri, rediska, ismaloq, qulupnay va xushbo‘y ko‘katlar yana tajriba-sinovdan o‘tadi.
– Marsda nafaqat yashab qoladigan, balki ko‘payadigan o‘simliklarni yetishirish oldimizda turgan edi, – deydi tadqiqot guruhi rahbari, Mishel Bennett. – Biz sabzavotlarni nafaqat ekstremal sharoitga moslashtirdik, balki ularning birlamchi mazasini ham saqlab qola bildik. Bu o‘simliklar butunlay yopiq bo‘lgan laboratoriya-konteynerning o‘zidagi suv, havo, o‘g‘itlar bilan ozuqlanib, o‘saveradi.
Mazkur tajribalar Yevropa, AQSh va Kanadaning 14 ta yetakchi universiteti ishtirok etayotgan xalqaro “EDEN ISS” loyihasining bir qismidir.