O‘zimiznikidan qo‘ymasin...
Bugun mamlakatimizda bir yuz yigirmadan ziyod farmatsevtika korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularda to‘qsonta farmakoterapevtik guruhlarga mansub tibbiyotning turli yo‘nalishlarida qo‘llaniladigan ikki mingga yaqin nomda ineksiya (ampula, kukunli, infuziya), tabletka, kapsula, surtma, gel, damlama, suyuqlik shaklidagi zamonaviy va shifobaxsh dori vositalari ishlab chiqarilmoqda, 177 nomda tibbiy buyumlar tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1988-yilda dori topilmagani oqibatida olamdan o‘tgan Ilyos ismli uch yoshli jiyani haqida shunday satrlarni yozgan edi:Ustingdan og‘ular sepishdi qancha,
Murg‘ak yuragingga nishlarin sancha,
Endigina tili chiqqan odamcha –
Ilyos, ko‘zlaringdan aylanay sening.
Shoirni iztirobga solgan bu muammo o‘sha paytda, afsuski, yakkam-dukkam uchraydigan hodisa emasdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqillikkacha yurtimizda bor-yo‘g‘i o‘n turdagi oddiy dori vositalari ishlab chiqarilgan. Asosiy dori-darmonlar chetdan olib kelingan, ular ham yetarlicha bo‘lmagani sababli ko‘plab tibbiy-ijtimoiy muammolar yuzaga kelgan.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolning ilk yillaridan xalqimizning salomatligini asrash, sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgani samarasida mamlakatimizda yangi – farmatsevtika sanoati paydo bo‘ldi.
Yigirmadan ortiq qonun, bir yuz yigirmadan ziyod me’yoriy hujjatlar bu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda. 2016-yil 4-yanvarda kuchga kirgan «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonun asosida sohadagi ishlar yanada kengaymoqda.
Bugun mamlakatimizda bir yuz yigirmadan ziyod farmatsevtika korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularda to‘qsonta farmakoterapevtik guruhlarga mansub tibbiyotning turli yo‘nalishlarida qo‘llaniladigan ikki mingga yaqin nomda ineksiya (ampula, kukunli, infuziya), tabletka, kapsula, surtma, gel, damlama, suyuqlik shaklidagi zamonaviy va shifobaxsh dori vositalari ishlab chiqarilmoqda, 177 nomda tibbiy buyumlar tayyorlanmoqda.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari assortimenti jihatidan ham, sifat bo‘yicha ham chet elnikidan aslo qolishmaydi.
«O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan yirik davlat tuzilmasidir. Hozirgi kunda konsern tizimida ellik to‘rtta ishlab chiqarish korxonasi va uchta ilmiy-tadqiqot muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalarda joriy yilning birinchi yarmida besh yuz yigirma sakkiz milliard so‘mlikdan ko‘proq dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi materiallar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi.
– Konsern tizimidagi korxonalarda yuzdan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshirilayotir. Natijada yangi-yangi dorilarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish jarayonini zamonaviylashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga erishilmoqda, – deydi «O‘zfarmsanoat» davlat aksiyadorlik konserni apparati rahbari Nozir Ibrohimov. – Xususan, investitsiya loyihalari doirasida bajarilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2016-yilning birinchi choragida yigirma olti nomda yangi dori o‘zlashtirildi.
Fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga qaratilayotgan doimiy e’tibor farmatsevtika sanoati taraqqiyotida muhim omil bo‘layotir. Keyingi yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari tomonidan yaratilgan qirqdan ziyod zamonaviy shifo vositalari nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tibbiyotining dolzarb muammolarini yechishda o‘z samaralarini berayotir. Yurak aritmiyasini davolashda qo‘llaniladigan allapinin, gepatitga qarshi megosin, qon to‘xtatuvchi lagoden, shamollashga qarshi selagripp va benzketozon singari preparatlar shular jumlasidandir.
Ilm-fanning bu yo‘nalishdagi ixtiro va yutuqlarini yanada takomillashtirish va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yil 15-iyuldagi «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori muhim omil bo‘layotir. Ushbu yo‘nalishda an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkalarida farmatsevtika sanoati korxonalari ham faol ishtirok etmoqda. 2016-yilda bo‘lib o‘tgan IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida ham bir necha shartnoma imzolandi.
Farmatsevtika sanoati korxonalarida sifatni boshqarish bo‘yicha menejment tizimini joriy etish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi izchillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Natijada o‘ttiz yettita korxonada ISO 9001 standarti, sakkizta korxonada GMP tizimi joriy etildi. Bu mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, sifat va samaradorlikni yuksaltirish, xalqimizni sifatli dori-darmon bilan ta’minlash, eksport hajmi va jo‘g‘rofiyasini kengaytirish imkonini berayotir. Ana shunday zamonaviy andozalar bo‘yicha faoliyat yuritayotgan korxonalar soni yildan-yilga ortmoqda.
Poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan «Dentafil» korxonasi bunga misoldir. 2007-yilda dori qopqog‘i va tish pastasi ishlab chiqarish bilan o‘z faoliyatini boshlagan korxonada bugungi kunda bir yuz ellik turga yaqin dori-darmon va tibbiyot buyumi tayyorlanmoqda. Yaqinda korxonada Shveytsariyada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiya asosida ishlaydigan tizim ishga tushirildi. Buning natijasida ko‘zga tomchilaydigan dori va boshqa shifo vositalari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Bugungi kunda yuzga yaqin mutaxassis va ishchi xodim faoliyat yuritayotgan zamonaviy korxona yiliga ellik million dona dori-darmon va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarib aholiga yetkazib bermoqda. Yangi texnologiyalarni institut va kollejlarni bitirgan yoshlar boshqarayotgani quvonarlidir.
– 2014-yilda Toshkent farmatsevtika institutini bitirib, shu korxonaga texnolog bo‘lib ishga kirdim, – deydi Anvar Akmalov.– Institutda ushbu yangi texnologiyalarni boshqarish bo‘yicha olgan bilimim, chet tillarni o‘rganganim va ishlab chiqarish amaliyotida orttirgan tajribam bugungi faoliyatimda qo‘l kelmoqda. Ushbu ilg‘or texnologiyalarni bemalol ishlatyapman. Maqsadim tajriba, mahorat va bilimimni yanada oshirish, shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy farmatsevtika sanoatida o‘z o‘rnimga ega bo‘lgan yetuk kadr bo‘lib yetishishdir.
Ma’lumki, bugungi kunda butun dunyoda aholining tabiiy giyohlar asosida tayyorlangan dori-darmon va biologik faol qo‘shimchalarga ehtiyoji ortmoqda. Bunday tabiiy shifobaxsh vositalar inson vujudiga nojo‘ya ta’sir qilmaydi va salomatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Aholining ana shunday ehtiyojidan kelib chiqib, yurtimizda ham dorivor giyohlar ishlab chiqarish sohasi yildan-yilga rivojlanmoqda. 2015-yilda mamlakatimizda mahalliy dorivor o‘simliklarni qayta ishlash, qadoqlash va ular asosida dori ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 89 korxona va sex tashkil etilib, bu vazifalarni amalga oshirish uchun qariyb 50 million dollar mablag‘ o‘zlashtirildi. Natijada 159 turda dori vositalari, 56 turda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan ana shunday sifatli va samarali dorivor giyohlar, dori-darmonlarni joylarga yetkazib berish ham muhim vazifa. Bu ishlarni amalga oshirish «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishidir. Kompaniya tarkibida yigirmata aksiyadorlik va mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, bir ming uch yuzdan ko‘proq dorixonalar ana shu maqsadda aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Keyingi yillarda dori-darmon yetkazib berish va saqlash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida joylarda zamonaviy dorixonalar, omborxonalar, logistika markazlari barpo etilmoqda. Toshkent shahrida maydoni 6,5 ming kvadrat metrlik, xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan farmatsevtika ombori, Guliston shahrida logistika markazi qurib bitkazildi.
Mamlakatimizda qishloq aholisiga zamonaviy andozalar darajasida tibbiy yordam ko‘rsatish barobarida xalqimizning dori-darmonga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, bu jarayondagi ishlarni xalqaro andozalar darajasida tashkil etish ham muhim vazifadir. «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi tizimida faoliyat yuritayotgan dorixonalarning yetmish foizdan ko‘prog‘i qishloq joylarda ochilgani, xususan, 800 dan ko‘proq dorixonalar qishloq vrachlik punktlarida joylashgani xalqimiz uchun katta qulaylik yaratmoqda. Aholini sifatli farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash maqsadida qishloq joylarda ko‘chma dorixonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda 14 maxsus jihozlangan «Isuzu» rusumli izotermik avtofurgonlar, 50 “Damas” rusumli avtomobillar chekka hududlardagi aholiga dori-darmon yetkazib bermoqda.
Aholini dori-darmon bilan ta’minlash borasida shakllantirilgan ushbu zamonaviy tizimdan foydalangan har qanday inson uning xizmatidan mamnun bo‘ladi. Bugungi kunda dori-darmon tanqisligi, sifatsizligi kabi tushunchalar butunlay unut bo‘ldi. Hatto olis qishloq aholisi ham o‘zi izlagan dori va tibbiy buyumni ortiqcha ovoragarchiliksiz, tanlab, saralab xarid qilish imkoniyatiga ega.
Yangi dori turlarini yaratish, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil ishlar farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish va xalqimizning salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.